Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL-2016 g‘olibi 3 mln dollarga ega bo‘ladi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
2016 yilgi mavsumda O‘zbekistondan 4ta jamoa qit'aning nufuzli turnirida ishtirok etadi. “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” o‘z ishtiroklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlashadi. “Bunyodkor” esa yagona o‘yindan iborat pley-off uchrashuvida BAAning “Ash-Shabab” klubini qabul qiladi.
Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan klublarning taqdimot marosimida musobaqaning yangi mukofot jamg‘armasi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, OChL-2016 g‘olibi 3 million dollarga ega bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda ushbu mablag‘ miqdori 1,5 million dollarni tashkil qilgandi. Finalga yetib kelgan jamoa esa 1 million dollarga ega bo‘ladi. Qolgan bosqichlardagi mukofot pullari ham oshirilgan.
