Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyada o‘z sayyohlik salohiyatini namoyish etadi
“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda 14-16 dekabr kunlari Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida turizm sohasidagi Rossiya turizm sub'yektlari tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda “O‘zbekturizm”ning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Tashkilotchilarning fikricha, tadbirdan maqsad xorijiy turoperatorlar bilan hamkorlik qilish, o‘zbek sayyohlik kompaniyalari bilan uyg‘un ish olib borish va O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishdir
Tadbir Moskvadagi "Zolotoye koltso" mehmonxonasining anjumanlar markazi hamda Sankt-Peterburgdagi Petro Palace Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.