Sport | 09:42 / 10.12.2015
1945
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kurashchilar jahon kubogida ishtirok etishadi

Belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 10-13 dekabr kunlarida Rossiya Fedaratsiyasining Orenburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi taqvim-rejasiga muvofiq o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik 20 nafar sportchi bilan birga o‘zbekistonlik 2 nafar xalqaro toifadagi hakam ham ishtirok etadi.

"Sportchilarimiz bu yil ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Joriy yilning so‘ngi musobaqasi hisoblangan mazkur jahon kubogida ham yuqori natijalarga erishamiz, degan umiddamiz", — deydi O‘zbekiston Belbog‘li kurash federatsiyasi raisi R. Dastirov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish