Sport | 16:24 / 10.12.2015
3309
1 daqiqa o‘qiladi

"Real" akademiyasi mashg‘ulotlarida "Barselona" o‘yinlari o‘quv qo‘llanma sifatida o‘tilmoqda

"Real" akademiyasi murabbiylari mashg‘ulotlar chog‘ida yosh futbolchilarga "Barselona" ishtirokidagi uchrashuvlarni namunaviy o‘yin sifatida ko‘rsatish orqali futbolni qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsatishmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatgan.

"Qirollik klubi" akademiyasi direktori Viktor Fernandes va uning hamkasbi Xuan Luis Martines mazkur o‘yindan lavhalarni va urilgan gollarni namoyish qilib, futbolni qanday o‘ynash kerakligini o‘z shogirdlariga tushuntirmoqda.

Shuningdek, mashg‘ulotlarda Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "el-klasiko" bahsi batafsil tahlil qilinmoqda. Bu o‘yinda "Real" 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish