O‘zbekiston | 10:21 / 10.12.2015
2204
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Seul o‘rtasida siyosiy maslahatlashuv o‘tkaziladi

2015 yilning 11 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston-Janubiy Koreya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Unda ishtirok etish uchun Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kim Hon Kyun boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyuradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish