Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ShHTga terrorchilik hujumi uyushtiriladi, deb ovoza tarqatib yurgan talaba qo‘lga olindi
Xitoy politsiyasi Xenan viloyatida (Markaziy Xitoy) talaba yigitni QQ mobil ilovasi orqali Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisi paytida ularga terrorchilik hujumi bo‘ladi, degan ovoza tarqatgani uchun hibsga oldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisi Xenan viloyatining markazi Chjenchjou shahrida 14-15 dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu majlisda terrorizmga qarshi kurash va hududiy xavfsizlik muammolari ko‘rib chiqiladi. Ayni damda ShHTga a'zo davlatlar sirasiga Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi.
Qo‘lga olingan Syuy sharifli talabaning aytishicha, “metro va shahar markaziga yaqin joyda portlovchi qurilmani o‘rnatishi uchun unga 500 ming dollar miqdorida pul mukofoti va'da qilingan”ini aytgan.