Jahon | 23:33 / 11.12.2015
3264
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada superkarlar bilan shovqin solish taqiqlandi

Britaniyaning nufuzli shaharlaridan bo‘lmish Kensington va Chelsida yangi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra jamoat joylarida kuchli ovoz chiqaradigan avtomobillar bilan hrakatlanganlarga 1000 funt sterling (1,5 ming AQSh dollari) miqdorida jarima solinadigan bo‘ldi. Bu haqda Daliy Mail yozmoqda.

Yangi qonunga ko‘ra, haydovchi avtomobilini turgan joyida gaz berishi, darrov to‘xtatishi, ko‘chalarda poyga uyushtirishi, keraksiz holatlarda ovoz qurilmalarini ishga solishi va avtoturargohda mashinani yoqig‘ qoldirishi taqiqlanadi. Eng kichik jarima 100, eng yuqorisi esa 1000 funtdir.

Agar tartibbuzar chet el fuqarosi bo‘lsa, unda uning mamlakati elchixonasi bilan bog‘lanib, zarur jarima undiriladi. Shahar aholisi ushbu tartibbuzarlik ustidan 24 soat ishlaydigan ishonch telefonlariga shikoyat qilishi mumkin etib belgilandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish