Jamiyat | 11:31 / 11.12.2015
1988
2 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg yangi yil arafasida bolalar ilmiy adabiyotini o‘qish bilan shug‘ullanadi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg “Kitoblar yili”ning yakunida “Bolalar uchun kvant fizikasi” kitobini o‘qishga qaror qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali hazil tariqasida yozdi.

2015 yilning yanvarida tijoratchi mazkur vaqtni “Kitoblar yili” deb e'lon qilib, har ikki haftada bittadan kitob o‘qishga va'da bergan edi. Obunachilar uning mutolaasini kuzatib bora olishlari uchun o‘z ijtimoiy tarmog‘ida maxsus sahifa ochib, uni A Year of Books deb nomlagan edi.
“Bolalar uchun kvant fizikasi”ni o‘qishini aytganidan so‘ng, Tsukerberg hazillashganini tan oldi.

“Hazillashdim, - deb yozdi u. – Aslida bu Genri Kissinjyerning “Xalqaro tartib”idir – xalqaro munosabatlar haqida, butun dunyoda qanday qilib tinch munosabatlar qurish mumkinligi haqida. Bu biz bolalarimiz uchun tinch dunyoni yaratishimiz uchun muhim, men o‘sha kunlar haqida o‘ylamoqdaman”.

Postning oxirida u “Kvant fizikasi”ni qiziga o‘qib berayotganini aytdi.
“Men Maksga o‘qib berishni yaxshi ko‘raman. Keyingi yil, aftidan, “Bolalar kitoblari yili” bo‘ladi”, - deb so‘zlarini yakunladi Tsukerberg.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish