O‘zbekiston | 21:15 / 11.12.2015
10893
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya HHK ijraga olingan Termiz aeroportini tark etadi

Germaniya harbiy havo kuchlari Termiz aeroporti bazasidagi yuk tushirish va ortish transport uzelini tark etadi, deya xabar bermoqda Sputnik RIA “Novosti”ning vaziyatdan xabardor axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.

“11 dekabrda O‘zbekistonning Termiz shahridagi aeroportda transport uzelining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi”, - dedi axborot manbasi.

Ushbu masala yuzasidan rasmiy ma'lumotlar e'lon qilingani yo‘q.

O‘zbekiston harbiy bo‘lmagan yuklar tranziti uchun Termiz chetidagi fuqarolik aeroportini 2001 yil oxiridan buyon GFR harbiy havo kuchlariga ijaraga bergan. Rasmiy ijara shartnomasi 2002 yil fevralida imzolangan. 2010 yil aprelida esa ushbu aeroportdan foydalanish bo‘yicha yangi bitim imzolangan bo‘lib, uning muddati 31 oktabrda tugadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish