Sport | 15:38 / 11.12.2015
8810
1 daqiqa o‘qiladi

Igor Sergeyev faoliyatini Yaponiyada davom ettirishi mumkin

Mahalliy OAVda xabar qilinishicha, Oliy liga - 2015 to‘purari Igor Sergeyevning "Paxtakor"ni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan.

"Ammo uni qaysi jamoa safida ko‘rishimiz noma'lum bo‘lib turgandi. Faoliyatini Yevropada davom ettirishni maqsad qilayotgan futbolchi yangi yilni Yaponiya "J-ligasi"da boshlashga yaqin turibdi. Unga jiddiy qiziqish bildirgan "Sanfrechche Xirosima" jamoasi kecha boshlangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etyapti", deyiladi championat.asia nashrida.

"Paxtakor" o‘z hujumchisini ijara asosida "Sanfrechche Xirosima"ga transfer qiladi.

Bunga sabab, oliy ligadan ko‘ra Yaponiya ligasini yevropalik skautlarni kuzatishlari. Agar Sergeyev u yerda ham o‘zini ko‘rsata olsa, uning transfer qiymati bir necha barobarga oshishi mumkin.

Qayd etish kerakki, aynan shunday uslub bilan Odil Ahmedov "Paxtakor"dan "Anji"ga transfer qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish