Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki Koreya o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi
Koreya Respublikasi va KXDR o‘zaro munosabatlarni yaxshilash maqsadida Keson shahrida oliy darajadagi muzokaralarni boshlab yubordi.
“Shimol va Janub o‘rtasida yechim talab qiladigan ko‘plab masalalar to‘planib qoldi. Ularni birma-bir hal etish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz”, - dedi Janubiy Koreya delegatsiyasi rahbari, birlashish ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Xvan Bu Gi Shimoliy Koreyaga uchib ketishdan oldin.
KXDR tomondan muzokaralarda Koreyani tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi kotibiyati direktori o‘rinbosari Chon Chjon Su ishtirok etadi.
Uchrashuvning kun tartibi haqida biror rasmiy ma'lumot berilmagan. Mahalliy matbuotda aytilishicha, birinchi galda Kimgansandagi turistik majmuasini ishga tushirish, Seul tomonidan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish, ayrilgan oilalar vakillarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etish va boshqalar muhokama qilinadi.