Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqlim bo‘yicha kelishuvning yakuniy loyihasi 12 dekabr kuni qabul qilinadi
Iqlim bo‘yicha kelishuvning yakuniy loyihasi 12 dekabr kuni qabul qilinadi. Bu haqda France-Presse agentligi BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvetsiyasi tomonlari konferensiyasi vakillariga tayangan holda yozmoqda. Parijda o‘tayotgan konferensiya o‘z yakuniga yaqinlashib qoldi.
Ilgariroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius yangi kelishuv o‘z muddatida qabul qilinishini aytgandi.
Ayni paytda konferensiyada ishtirok etayotgan 195 davlat vakili tayyorlagan hujjat Parij kelishuviga asos bo‘lib xizmat qilish aytilmoqda. Hujjat vazirliklar darajasida muhokama qilinishi uchun berib yuborilgan.