Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:26 / 11.12.2015
2612
1 daqiqa o‘qiladi
Jalaquduq tumanida madaniyat va istirohat bog‘i ochildi
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinish olgan madaniyat va istirohat bog‘i ishga tushdi.
Istirohat bog‘i bu yerda olib borilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida aholi uchun ko‘ngilli hordiq chiqarish maskaniga aylangan. Unda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun yetarli sharoitlar yaratilib, bolajonlarga atab turli yangi o‘yin qurilmalari o‘rnatildi. Atrofga ko‘plab manzarali daraxtlar ekildi.
Dam olish maskanining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulfiyaxon G‘ofurova va faxriy otaxonlar so‘z olib jalaquduqliklarni qutladilar. Madaniyat va istirohat bog‘ining sahnasida tuman aholisi uchun konsert dasturi namoyish etildi. Elmurod ERMATOV, Kun.uz muxbiri,Andijon viloyati
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish