Jahon | 09:47 / 11.12.2015
2271
1 daqiqa o‘qiladi

Musulmonlar Kaliforniyadagi terakt qurbonlari oilalari uchun $ 20 000 to‘pladi

San-Bernardinoda sodir etilgan terakda qurbon bo‘lganlar oilasiga $ 20 000 dollar miqdorida moddiy yordam beriladi, deb yozadi Muxlis.uz portali. Ana shunday miqdordagi mablag‘ni Kaliforniya musulmonlar ittifoqi ajratdi. Qayd etish kerakki, ittifoq mazkur mablag‘ni LaunchGood yordami bilan bir kunda yig‘ishga erishgan.
"Biz yovuzlikka ezgulik bilan javob qaytarishni istaymiz. Yaratgan bizni Yer yuzidagi barcha narsalarga yaxshi munosabatda bo‘lishga buyurgan. Payg‘ambarimiz sallallohi alayhi vasallam ham ana shunday ezgulik mukofotsiz qolmasligini aytganlar”, deydi MiNDS musulomonlar jamiyati vakillari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish