Jahon | 14:00 / 11.12.2015
1699
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri respublikada fan isloh qilinishini va'da berdi

Qirg‘izistonda davlatning ilmiy muassasalar bilan aloqalarini tubdan o‘zgartirish talab qilinadi, aynan shu maqsadda sohada katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev bayonot berdi.

“Olimlar o‘z oldilariga aniq vazifalar qo‘yib, davlatga kerak natija uchun ishlashlari lozim, - dedi u juma kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida. – Ya'ni, fanning muvaffaqiyati va istiqbollari uning mamlakatning innovatsion o‘sishni ta'minlab berishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir”.

Shu bilan bog‘liq ravishda tegishli islohotlar o‘tkazilishi va'da qilindi.
“Fanni tashkil etish tizimini isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqilgan, - ta'kidladi Sariyev. – Ushbu konsepsiya doirasida bosh vazir huzurida fan va innovatsiyalar bo‘yicha kengash va fan jamg‘armasini tashkil etish ko‘zlangan”.
Ta'kidlanishicha, ushbu kengash allaqachon kadrlar va moliya masalalarini yechish ustida ishlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish