Jamiyat | 09:20 / 11.12.2015
2931
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada kambag‘allar soni yil boshidan 2,3 mlnga ko‘paydi

Rossiyada kambag‘allar soni 2015 yilning yanvar — sentabr oyi oralig‘ida 20,3 mln kishiga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 mln kishiga ko‘pdir.
Bu haqda Rossiya davlat statistika xizmati (Rosstat) ma'lum qilgan.

Mamlakatda kambag‘allar darajasi joriy yilning yanvar — sentabr oylarida 14,1 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 12,6 oizni tashkil etgan edi.
Rosstadning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi kambag‘allik darajasi mavsumiy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Masalan: birinchi kvartalda bu ko‘rsatkich yuqori, to‘rtinchi kvartalda esa past. Ta'kidlashlaricha, bu yil oxiridagi to‘lovlar bilan bog‘liq holatdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish