Jahon | 16:55 / 11.12.2015
5206
2 daqiqa o‘qiladi

Times of India: terrorchilarga qarshi fatvoni 1.5 mln musulmon imzoladi

Hindiston musulmon dindorlarining 70 ming nafar vakili IShID, “al-Qoida” va “Tolibon”ga qarshi qaratilgan fatvo ishlab chiqidi. Bu haqda Times of India nashri yozmoqda.

Ruhoniylar bu guruhlar asl islomga aloqador emasligini va insoniyatga tahdid solayotganini e'tirof etishdi. Hindistonda har yili o‘tadigan Urs Ajmar tasavvufiy bayrami chog‘ida 1.5 mln nafar musulmon bu hujjatni imzoladi.

Muftiy Muhammad Salim Nuriyning mahalliy matbuot va axborot kanallarini terrorchi guruhlarni musulmon tashkilotlari deb atashni bas qilishga chaqirdi.

“Qur'onda yozilishicha, bir begunoh insonni o‘ldirish butun insoniyatni o‘ldirish bilan barobardir”, - eslatib o‘tdi mahalily masjid imomi Muhammad Ehson Xon Rizo.
Mazkur fatvo Parij teraktlaridan so‘ng qabul qilindi.

Fatvo mualliflari, shuningdek, Suriyadagi aviazarbalarni to‘xtatishni talab qilib chiqishdi, negaki ularning oqibatida asosan tinch aholi qirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish