Sport | 22:10 / 12.12.2015
5727
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» o‘z maydonida «Deportivo»ni yenga olmadi

Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "Barselona" hamda “Deportivo“ klublari o‘rtasidagi uchrashuvda u qadar kutilmagan hisob qayd etildi. O‘yinda dastlab Messi va Rakitichning gollari evaziga "Barselona" oldinda borgan bo‘lsada, mehmonlar Peres va Bergantinosning gollari bilan javob qaytarishdi. 

Endilikda "Barselona" jamoasi hisobidagi ochkolar soni 35ta va ikkinchi o‘rindagi "Atletiko"da 15 tur o‘yinida g‘alaba qozonish orqali kataloniyaliklarga yetib olish imkoniyati mavjud.

"Deportivo" hisobidagi ochkolar soni esa 23taga yetib, jamoa oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya chempionati, 15-tur

Barselona – Deportivo 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 39 Messi, 2:0 – 62 Rakitich, 2:1 – 77 Peres, 2:2 – 86 Bergantinos.
Barselona – Bravo, Pike, Alba (Mate, 77), Dani Alves, Buskets, Rakitich (Serdji Roberto, 72), Maskerano, Inesta, Sandro Ramires (Munir, 68), Messi, Suares.
Deportivo – Lyuks, Luizinyu (Dominges, 46), Sidney, Arribas, Xuanfran (Migel Kardozu, 70), Peres, Bergantinos, Laure, Fajr, Navarro, Rodriges (Luis Alberto, 58).
Ogohlantirishlar: Luizinyu (41), Laure (72).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish