Sport | 22:00 / 12.12.2015
3500
3 daqiqa o‘qiladi

Bundesligada shanba kungi o‘yinlar o‘tkazildi

12 dekabr kuni Germaniya chempionatining 16-turi doirasida 5ta uchrashuv o‘tkazildi.

Turnir peshqadami “Bavariya” Myunxenda “Ingolshtadt”ni 2:0 hiobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mezbonlar tarkibida Levandovski hamda Lam gollarga mualliflik qilishdi.

“Volsfburg” o‘z muxlislari qarshisida “Gamburg”ni yenga olmadi. Dastlab Myuller hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqaga kelib Arnold muvozanatni tikladi.

“Xoffenxaym” o‘z maydonida “Gannover”ni kichik hisobda yengdi. Birinchi bo‘limning 30-daqiqasida Shmid tomonidan kiritilgan yagona gol natijada maydon egalariga g‘alabani taqdim etdi.

Ayni vaqtda turnir jadvalida 16 turdan 43 ochko ishlagan "Bavariya" peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

Bugunga belgilangan yana bir uchrashuv "Bayyer" va "Borussiya M" o‘rtasida o‘tkaziladi.

Germaniya Bundesligasi, 16-tur

Bavariya – Ingolshtadt-04 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 65 Levandovski, 2:0 – 75 Lam.
Bavariya – Noyyer, Badshtuber, Boateng (Xabi Alonso, 70), Rafinya, Vidal (Alkantara, 51), Lam, Martines, Kimmix, Koman, Myuller (Rode, 79), Levandovski.
Ingolshtadt-04 – Ozjan, Brejyeri, Matip, Levels, Bauer, Koen (Vannenvech, 53), Rojyer, Lekki, Gross, Leks (Kristiansen, 68), Xinterzeyer (Multaup, 78).
Ogohlantirishlar: Boateng (55), Levels (56).

Volfsburg – Gamburg 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 21 Myuller, 1:1 – 78 Arnold.
Volfsburg – Benalo, Dante, Naldo, Shefer, Viyeyrinya, Draksler, Arnold, Shyurrle (Kalidjuri, 63), Gilavogi, Tresh (Dost, 46), Kruze.
Gamburg – Adler, Spaxich, Kleber Reys, Ostjolek, Yung, Myuller, Xoltbi, Ilichevich (Xunt, 81), Sakai, Gregorich, Lasogga (Shipplok, 85).
Ogohlantirishlar: Lasogga (16), Yung (58), Draksler (71), Ostjolek (74), Gregorich (82).

Verder – Keln 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 4 Vestergor, 1:1 – 79 Shvento.
Verder – Vidvald, Galves, Garsiya, Gebre Selassi, Vestergor, Fritts, Bargfrede, Oztunaly, Bartels, Grillich (Kroos, 58), Udja (Pisarro, 64).
Keln – Xorn, Marox, Xektor, Olkovski, Xaynts, Risse, Lemann, Fogt (Gerxardt, 46), Shvento, Osako, Modest (Tsoller, 46).
Ogohlantirishlar: Fogt (45), Gerxardt (50), Oztunaly (70), Bartels (70), Fritts (83).

Xoffenxaym-1899 – Gannover 96 1:0 (1:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 30 Shmid.
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Sher, Shtrobl, Kim Chjin Su, Zyule, Amiri (Polyanski, 83), Shmid, Elyunussi, Shvegler (Bichakchich, 86), Folland (Vargas, 66), Kaderjabek.
Gannover 96 – Tsiler, Marselo, Albornoz, Sakai, Shults, Andreasen, Sane, Prib (Bensxop, 71), Gyulselyam (Erdinch, 60), Sent-Maksimen (Bere, 77), Karaman.
Ogohlantirishlar: Sher (19), Gyulselyam (38), Albornoz (72), Andreasen (82).

Darmshtadt – Gerta 0:4 (0:2, 0:2)

Gollar: 0:1 – 12 Ibishevich, 0:2 – 26 Plattenxardt, 0:3 – 50 Ibishevich, 0:4 – 77 Kalu.
Darmshtadt – Mateniya, Sulu, Xolland, Garich, Kaldirola, Yungvirt, Gondorf (Vranchich, 68), Rozental (Zayler, 58), Xeller, Kempe (Raush, 46), Vagner.
Gerta – Yarsteyn, Langkamp, Plattenxardt, Regezel, Bruks, Vayzer (van den Berg, 71), Lustenberger, Shelbred (Xegeler, 82), Darida, Kalu (Shtoker, 80), Ibishevich.
Ogohlantirishlar: Gondorf (38), Langkamp (38), Vagner (39), Raush (58), Vranchich (76).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish