Jahon | 09:33 / 12.12.2015
6787
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Iroqning BMTga shikoyat qilishi "nohalol qadam"

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Iroq tomonidan BMTga Turkiya ustidan shikoyat xati bilan murojaat qilinishini "nohalol qadam" deb baholadi.

"Ular BMTga shikoyat qilishlari mumkin emas, ularning bunga haqqi bor lekin bu "erkakcha ish" bo‘lmadi", deydi u.

Biroz oldinroq, Iroq ikki kun ichida BMTga Turkiya ustidan shikoyat arizasi berishi ma'lum qilingandi.

Iroq tomoni turklarning 900 kishilik armiyasi o‘z hududiga kirib olganiga norozilik bildirmoqda.

Rasmiy Bag‘dod bunga qarshi keskin chiqishlar va tahdidlar qilgan.

Lekin Erdo‘g‘an Turkiya o‘z harbiylarini olib chiqmasligini bildirgan.

U hududda o‘quv mashg‘ulotlari olib borilayotganini ta'kidlagan.

"Turk harbiylarining Iroqdan olib chiqib ketilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas", degan u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish