Jahon | 09:28 / 12.12.2015
4918
2 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari Liviyadagi qadimiy asori-atiqalarni yo‘q qilmoqda

Liviyada IShID jangarilari Sabrat shahridagi qadimiy davr madaniy yodgorliklarini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda i24News nashri. Shaharda 3-asrga taalluqli bo‘lgan Rim imperiyasi madaniy yodgorliklari bo‘lgan.

“Sabratda arxeologlar uchun qimmatli bo‘lgan yunon-rim imperiyasi madaniy obektlari, topilmalarning yuzdan bir qismi to‘plangan. IShID jangarilari bu asori-atiqalarga o‘zgacha nazar bilan qaraydi: ular uchun haykallar va san'at asarlaridagi inson tasviri –butlardir va terrorchilar ularni vayron qiladi”, deb aytdi Rim imperiyasini o‘rganuvchi Lester universiteti professori Devid Mattingli.

Manbalarga ko‘ra, Sabrat miloddan avvalgi 5-asrdan finikiyliklarga tegishli bo‘lgan va savdo shahri hisoblangan. Milodning 1-asridan shaharda Rim imperiyasiga xos urf-odatlar joriy qilina boshlangandan keyin, u 2-3-asrlar davomida to‘liq qayta qurilgan.

1982 yilda YuNeSKO shaharni Butunjahon madaniy merosi obektlari qatoriga qo‘shgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish