Jahon | 10:45 / 12.12.2015
3466
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasida yuqori darajadagi muzokalar qayta boshlandi

Shimoliy Koreyaning Keson shahrida Janubiy Koreya va KXDR vitse-vazirlari o‘rtasida yuqori darajadagi muzokaralar qayta boshlandi. Bu haqda “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilishlaricha ikkinchi kun davom etayotgan muzokaralar Koreya yarim orolida ikki mamlakat o‘rtasida muloqotni jonlantirishdan dalolat ekanligi ta'kidlangan.
Muhokama etilayotgan mavzular sirasiga Koreya urushidan so‘ng mamlakatning ikki qismiga tarqalib ketgan oilalarni birlashtirish kirdi.

Bundan tashqari, KXDR 2008 yilda to‘xtatib qo‘yilgan Kimgan tog‘lariga turni jonlantirish masalasiga ham qiziqish bilan qaramoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish