Jahon | 10:52 / 12.12.2015
7652
2 daqiqa o‘qiladi

Klinton saylovda g‘alaba qozonsa, IShIDni bartaraf etish bilan shug‘ullanishga va'da berdi

AQSh prezidentligi uchun saylovda Demokratlar partiyasidan asosiy nomzod hisoblangan Hillari Klinton mamlakat prezidentiga aylansa, IShID muammosiga qarshi jiddiy kurashishni va'da qildi. Bu haqda Assoshieyted Press nashrida yozilgan.

U bu haqida Oklahoma shtatida (bu shtat aholisi respublikachilarga moyil - tahririyat izohi) o‘tkazilgan marosim vaqtida aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab siyosatchilar quruq va'dalar berishadi, lekin bajarishmaydi. Chunki, ular bu borada amaliyotga ega emaslar.

"Men avval ham Oq uyda ishlaganman va Amerika xavfsizligini ta'minlash nima ekanini bilaman", deydi sobiq davlat kotibi.

Noyabr oyida Klinton xonim IShIDga qarshi havodan zarba berishni kuchaytirish kerakligini aytib o‘tgan, lekin quruqlikda harbiy amaliyotlar boshlashga qarshiligini bildirgandi.

"IShIDni to‘xtatish emas, butunlay yo‘q qilish kerak", degandi Klinton.

Biroz oldinroq esa u AQShning IShIDga qarshi urush e'lon qilishiga hali erta deb hisoblashini aytib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish