Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada marixuanadan shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat berildi
Meksika hukumati marixuanani o‘stirish va saqlashga ruxsat berishni nazarda tutadigan qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda The Guardian nashri xabar qilgan.
Bu qonunga ko‘ra, marixuanani bolalarga berish taqiqlanadi. Shuningdek, uni sotishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Mamlakat oliy sudi marixuanani taqiqlash "shaxsiy huquqlarga zidligi"ni ma'lum qilgan va uni fuqarolar uchun qonuniylashtirgan.
Lekin, mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto bir necha marta bunga qarshiligini bildirib, chiqish qilgan.
Bundan oldinroq, Kanadada ham marixuanani qonuniylashtirishga va'da berishgandi.