Jahon | 21:14 / 12.12.2015
2558
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Germaniyadan koalitsiya doirasida harbiylari sonini kengaytirishni so‘radi

Pentagaon rahbari Eshton Karter Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyendan IShId terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash uchun tuzilgan xalqaro koalitsiya doirasida harbiylari sonini kengaytirishni taklif qildi. Bu haqda Spiegel yozmoqda.

Nashiriyotning xabar qilishicha, bu borada o‘tgan haftada Karter tomonidan Lyayyenga maktub yo‘llangan. Spiegel nashri ma'lumotiga ko‘ra, AQSh tomoni Germaniya harbiy kontingentini aynan qaysi jihatdan kengaytirishi lozimligiga oydinlik kiritmagan.

Germaniya hukumati maktubga javob qaytarmagan. Nashriyot ma'lumotiga ko‘ra, AQSh koalitsiyadagi boshqa hamkorlariga ham terrorchilarga qarshi kurashda harbiylari sonini kengaytirishni maktub orqali so‘ramoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish