Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondan murdasi topilgan birinchi sinf bolasiga uxlatadigan dori berishgan va ovloq joyda tashlab ketishgan
Qirg‘izistonning Bishkek shahridan o‘g‘irlangan va keyinchalik jasadi topilgan birinchi sinf o‘quvchisiga uxlatadigan dori berishgan va uni ovloq joyda tashlab ketishgan. Bu haqda Qirg‘iziston ta'lim va fan vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
“10 dekabr tongida Bishkekdagi 81-o‘rta ta'lim maktabining birinchi sinf o‘quvchisi darsga kelmagani ma'lum bo‘ladi. Bu haqda o‘qituvchilar uning ota-onasiga xabar berishadi. Ma'lum bo‘lishicha, bola maktabga ketgan ammo yetib kelmagan edi. Uning onasi bolasining hayoti evaziga 150 ming som talab qilingan sms oladi. Olib borilgan tekshiruvlarga ko‘ra, shu narsa ayon bo‘ldiki, bolani oilaning eski do‘stlaridan bir noma'lum sabablarga ko‘ra olib ketgan bo‘lib chiqdi. Keyinchalik ayol bolaga uxlatadigan dori beradi va uni hushsiz holatda hech kim yo‘q ovloq joyda tashlab ketadi. 11 dekabr kuni tunda militsiya xodimlari bolani o‘lib yotgan holda topishdi”, - deb ma'lum qilmoqda Ta'lim vazirligi.
Qotillikda shubha qilingan shaxs, ilgari ham sudlangan bo‘lib chiqqan.