Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:30 / 12.12.2015
12274
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyada Rossiyaning Mi-35M harbiy vertolyotlari paydo bo‘ldi
RT telekanali namoyish etgan videoda Suriyadagi Xmeymim aviabazasida turgan Mi-35M harbiy vertolyotlarini ko‘rish mumkin. Undan so‘nggi paytlarda Rossiya aviaguruhi foydalanmay qo‘ygandi. Ilgari ushbu turdagi vertolyotlar Iroqqa eksport qilish uchun olib kelingan.
Vertolyot Mi-35M Mi-24V vertolyotining zamonaviylashtirilgan turi hisoblanadi. U Mil nomidagi Moskva vertolyot zavodida ishlab chiqariladi. Vertolyot 2005 yildan beri muntazam ishlab chiqariladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish