Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 14:44 / 12.12.2015
3673
1 daqiqa o‘qiladi
Toyota Yaponiyada to‘rtinchi avlod Prius gibridini sotishni boshladi
Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan bo‘lgan Toyota ayni vaqtda Toyota Prius ishlab chiqarishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Bu haqda carzone.uz xabar berdi.
Kompaniya yiliga 350 ming Prius modeli sotishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Kuzatishlarga ko‘ra Toyota Prius, asosan, AQSh va Yaponiyada talabgir sanaladi.
Toyota Prius besh eshikli xetchbek. To‘la uzatmali. Yaponiyada narxi 2,42 mln iyen (20 ming dollar atrofida) turadi.
Gibrid xetchbekning eng diqqatga sazovor xususiyati tejamkorligi bo‘lib, 40 kmga 1 litr benzin sarflaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish