Jamiyat | 12:32 / 12.12.2015
6347
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda mamlakatning eng boy sarmoyadori yo‘qolib qoldi

Xitoyning Fosun investitsiya konglomerati Fosun o‘z aksiyalarini sotishni to‘xtatdi. Bunga o‘zining boshlig‘i Go Guanchanning yo‘qolib qolganligi sabab bo‘ldi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Go Guanchanning g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabarlar 10 dekabr kuni, nufuzli moliyaviy jurnal “Tsaysin” bergan va tasdiqlanganmagan ovozadan so‘ng chiqdi. Unga ko‘ra, biznesmen Shanxay aeroportida politsiya tomonidan ushlab qolingan. Shundan so‘ng, Fosun rahbariyati qo‘ng‘iroqlarga javobberishni to‘xtatgan.

Go Guanchanning yoshi 48 da bo‘lib, nashrning ma'lum qilishicha, u Xitoydagi eng yirik biznesmenlardan biri. Shu bois u korrupsiya ishi bilan bog‘liq biror jinoyati uchun ham politsiya qo‘liga tushgandir. Ammo bu xabarlarning hech biri rasmiy tasdiqlanmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish