Jahon | 23:36 / 12.12.2015
5154
1 daqiqa o‘qiladi

Xomsdagi teraktdan so‘ng Suriya TIV BMTga maktub yo‘lladi

Suriya tashqi ishlar vazirligi Xomsda bo‘lgan terakt yuzasidan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘lladi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

TIVda ta'kidlanishicha, jahon hamjamiyatining jim turishi terrorchilarga qo‘l kelmoqda.
“Jimlikning davom etishi va bo‘layotgan teraktlarning muhokama etilmayotgani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash manbasiga aylanmoqda. Ular qator davlatlardan moliyaviy yordam olmoqda. Ularni qurol-yarog‘ bilan ta'minlanmoqda, ruhan tayyorlanilmoqda. Dunyoning turli chetlaridan kelayotgan terrorchilar qurollantirilmoqda”, — deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirligi taqdim etgan ma'lumotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish