Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambojada guruch vinosidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi
Kambojada guruch vinosidan zaharlanish oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, yana 172 kishi shifoxonaga yotqazildi, deb xabar bermoqda Kamboja sog‘liqni saqlash vazirligiga iqtibos keltirgan holda Frans Press axborot agentligi.
Avvalroq Kamboja sharqidagi Kratex viloyatida guruch vinosi iste'mol qilishdan keyin 2 kishi halok bo‘lgani, 44 kishi shifoxonaga yotqazilgani ma'lum qilingandi. Viloyatda yashovchi yana 3 kishi it go‘shtidan zaharlanib halok bo‘lgan. O‘zini yomon his qilayotgan odamlardan shikoyatlar 19 noyabrdan tusha boshlagan.
Viloyat rahbariyati guruch vinosi ishlab chiqaruvchilarga o‘z faoliyatini to‘xtatishni buyurdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri aholiga tegishli nazoratsiz va hukumat tomonidan ruxsat olmagan holda ishlab chiqarilayotgan guruch vinosini iste'mol qilmaslikni tavsiya qildi.
Bu Kambojada yuz berayotgan birinchi bunday holat emas.