Jahon | 21:27 / 13.12.2015
14280
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlarning ta'kidlashicha, Yerdagi sutka davomiyligi uzayib boradi

AQSh, Kanada va Fransiya geofiziklari Yerda sutkaning davomiyligi oshib borayotganini ma'lum qilishmoqda.
Olimlar o‘z tadqiqotlari natijalarini Science Advances jurnalida chop etishdi, u haqda qisqacha The Guardian saytida ma'lum qilindi.
Geofiziklar tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, 21-asr davomida yerdagi sutka kuniga 5 millisekunddan ortib boradi, Yer aylanish o‘qi esa shimoliy qutbdan yaqin yuz yil ichida 1 sm ga siljiydi.

Olimlar Yerdagi muzliklar erishi sur'atlarini tahlil qilib bunday fikrga keldilar. Bu shimoliy mintaqalardagi (xususan, Grenlandiyadagi) materiyaning ekvator tomon qayta taqsimlanishiga olib kelishi kerak, buning natijasida sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashadi.

Geofiziklar 2002 yilda okeanshunos Valter Mank tomonidan o‘tkazilgan global issiqlik oqibatida muzliklar erishining Yer aylanishi va uning og‘ish o‘qiga ta'siriga bag‘ishlangan tadqiqotini aniqlashtirib o‘tishdi.

Mank bunday ta'sirni aniqlamagan, biroq geofiziklar bu 20-asr davomida dengiz sathi ko‘tarilishining noto‘g‘ri baholanishi (2 mm o‘rniga 1-1,5 mm deb hisoblangan) sababli yuzaga kelganini aniqlashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish