Jamiyat | 23:14 / 13.12.2015
3409
3 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik ko‘zi ojiz o‘qituvchi: men kuchni maqsadlarimdan olaman!

Ko‘zi ojizligiga qaramay, Akpar Mendebairov o‘z guruhida kompyuyetr bilan ishlashni qoyillatadi. U hatto do‘stlariga ma'ruzalar va referatlar ham yozib beradi.
Internet nashrlardan birining muxbiri u bilan uyushtirgan suhbatidan inson doim harakatda, izlanishda bo‘lishi lozimligini tushunish mumkin.
— Akparbek, aytingchi, nega aynan yuristlikni tanlagansiz?

— Men yuristlikni Qirg‘iziston Respublikasi Yuqori Kengashi deputati Dastan Dalabayevich Bekeshevning tavsiyasiga ko‘ra tanlaganman. U kishi bu kasb orqali odamlarga nafim tegishi haqida maslahat bergan edilar.
— Siz boshqa talabalr bilan baravar yaxshi o‘qigansiz. Hatto ayrim sog‘lom talabalar ham bunga erisha olmaydi.
— Bu borada menga oson bo‘lgan. Chunki hayotimda kompyuter o‘yinlari va tungi klublar nimaligini bilmaganman (kuladi).
Albatta, o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘lgan. Brayl shriftiga ega adabiyotlar faqat maktab adabiyotlaridagina mavjud bo‘lib, maxsus soha adabiyotlarida uchratish mushkul. Ammo Dastan Bekeshevda elektor kitoblar bor ekan.
— Ularni qanday o‘qidingiz?
— Shunday dastur borki, u ekranda nimabo‘lsa, ovoz chiqarib o‘qib beradi. Shu yordamida bilimimni oshirganman.
— Ma'ruzalardachi?
— Menda noutbuk bo‘lib, o‘qituvchi aytgan ma'ruzalarni tez yozib olishga harakat qilardim. Keyin ularni o‘sha dastur orqali o‘rganar edim.
— Kurashishga, isbotlashga va harakat qilishga kuchni qayerdan olasiz?
— Keling, tasavvur qilib ko‘ramiz, men uyda o‘tiraman va nogironlarga ajratilgan nafaqani olaman. Bir o‘zim yashay olmayman, kimgadir og‘irligim tushadi. Bu kimga zarur?
Hozir esa menda maqsad bor, men u tomon harakatlanaman. Mustaqil harakatlanaman. To‘g‘ri, singlim gohida kiyim tanlashimda yordam berib turadi. Shu narsa meni juda qiynab keladi: chunki kiyim javonimni o‘zim tartibga solishni istayman. Hozir buning ham uddasidan chiqayapman.
— Orzularingiz bormi?
— Ha, sayohat qilishni istayman. Albatta, orzularim bor. Tajribaga ega dunyo hamjamiyati bizning fuqarolarga yordam bersin. Chunki ular yaxshi hayotga munosib odamlar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish