Jahon | 19:57 / 13.12.2015
4063
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Bosh shtabi turk harbiylariga Rossiyada dam olishni taqiqladi

Turk harbiylariga ta'til kunlarini Rossiyada o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda Turkiya Bosh shtabi ma'lumotlariga asoslanib, Hurriyet gazetasi ma'lum qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror Turkiya qurolli kuchlarining barcha bo‘linmalariga joriy etilgan.
Ma'lumot uchun, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini urib tushirganidan so‘ng sovuqlashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish