Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:01 / 14.12.2015
3511
1 daqiqa o‘qiladi
“Ash-Shabob” jangarilari Keniyada harbiylarga hujum qildi
“Ash-Shabob” guruhi jangarilari Keniya shimolida harbiy yuk mashinasiga pistirmadan hujum qildi, oqibatda bir askar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Yana ikki harbiy yaralangan. Ta'kidlanishicha, hujum uyushtirilgan joy Somali chegarasiga yaqin joyda bo‘lgan, shuning uchun jangarilar yordam yetib kelguncha qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Keniya va Somali hududida 2012 yilda “Al-Qoida” bilan birlashgan “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi harakat qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish