Jahon | 18:12 / 14.12.2015
2367
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada politsiya avtobusi jarga qulab, 41 kishi halok bo‘ldi

Argentinaning shimoli-g‘arbidagi Salta viloyati hududida harakatlanayotgan avtobus yo‘l chetidagi jarlikka qulashi tufayli 41 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda TN telekanalidan xabar bergan.

Manbaning yozishicha, yo‘lda 3ta avtobusdan iborat kolonna ketayotgan bo‘lgan. Hodisa tufayli yana o‘nlab kishi jarohatlangan. Ularni boshqa 2 avtobusdagi harbiy xizmatchilar jarlikdan olib chiqishgan.

Kanalning aniqlik kiritishicha, avtobus jar ustidan o‘tgan ko‘prik bo‘ylab harakatlanish chog‘ida pastga qulagan. Mahalliy jurnalistlardan birining ma'lumotiga ko‘ra, bu qulashga avtobusdagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Bu hodisa Rosario de la Frontera shahridan 20 km masofada sodir bo‘lgan. Avtobus 25 m pastlikka qulagani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish