Jamiyat | 15:36 / 14.12.2015
10055
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi gazetalardan biri chop etilgan karikatura tufayli irqchilikda ayblanmoqda

The Australian gazetasi o‘z sahifalarida och qolib quyosh batareyka bo‘laklarini yeyayotgan hindular karikaturasini chop etganidan keyin irqchilikda ayblanmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi

Qayd qilinishicha, karikaturachi Bill Lik klimatik kelishuv imzolanganidan keyin o‘zining yangi rasmini chizgan. Hozirda Hindiston issiqxona gazlarini sarflash bo‘yicha , dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Shu boisdan ham Lik o‘z karikaturasida hindistonliklarni tasvirlashga qaror qilgan. 

Sotsiologiya fanlari professori Amanda Vays mazkur suratni «shokka soluvchi» deya ta'riflagan. Uning fikricha, odamlar zamonaviy texnologiyalarni tushunmaydigan savodsiz sifatida tasvirlangan. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh va Buyuk Britaniyada bu kabi karikaturalar chop etilgan taqdirda katta shikoyat yozilgan bo‘lardi. 

Bill Likning karikaturasi tvitter ijtimoiy tarmog‘ida keskin tanqidlar bilan kutib olindi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, Hindistonda energetika tizimi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. 

The Australian bosh muharriri o‘rinbosari Klayv Metison nashrning so‘nggi sonini batafsil tekshiruvdan o‘tkazganini tasdiqladi. Biroq karikatura bo‘yicha izoh berishni istamagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish