Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya hukumati terrorchilikka qarshi kurash maqsadida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritadi
Belgiya federal hukumati terrorchilikka qarshi kurash choralarini qattiqlashtirish maqsadida mamlakat konstitutsiyasiga kiritilishi taklif qilingan o‘zgartishni tasdiqladi. Bu haqda Contact radiostansiyasi xabar bermoqda.
Kiritilayotgan o‘zgartishga ko‘ra, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni vaqtinchalik mahbuslikda saqlash muddati bugungi 24 soatdan 72 soatga uzaytiriladi.
Bundan tashqari, teraktlarning oldini olish hamda terrorchilar va ularning yordamchilarini aniqlash bo‘yicha qabul qilinayotgan 18 chora-tadbirdan iborat paket politsiyachilarga sutkaning har qanday vaqtida tegishli joylarda tintuv o‘tkazish huquqini beradi. Amaldagi qonunchilik bunday tadbirlarning kechki 9dan ertalabki 5gacha o‘tkazilishini taqiqlar edi. Shu bilan birga, sud ruxsatnomasining taqdim etilishi talabi bekor qilinmadi.
Choralardan yana biri mamlakat hududidagi masjidlarda salafiylik g‘oyalarining tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq. Bundan tashqari, maxsus xizmatlar gumondor shaxslarni kuzatish hamda ularning qo‘ng‘iroqlarini etishi borasidagi vakolatlari kengaytirildi; shunga qaramay, bunday tadbirlar uchun ham suddan ruxsatnoma olish talab saqlab qolindi.
Suriyadan Belgiya qaytib kelgan jihodchilar qamoqqa olinishi belgilandi. Suriyaga ketishga intilayotgan shaxslarga nisbatan elektron kishanlar qo‘llanilishi ma'qullandi. Nihoyat, politsiya va maxsus xizmatlar byudjyetini kengaytirish ko‘zda tutildi.
Qirollik bosh vaziri Sharl Mishel 2016 yili Belgiya hukumati xavfsizlik choralarini oshirish tadbirlariga qo‘shimcha tarzda 400 mln yevro ajratishini xabar qildi.