Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benites: Birinchi taymda qo‘rqinchli darajada yomon o‘ynadik
«Real» jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Chempionatda g‘olib chiqish uchun barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak, jumladan, bugungi kabi o‘yinlarda ham. Ammo birinchi bo‘limda rasvo o‘yin ko‘rsatdik.
Biz hamon darvoza tomon eng ko‘p zarba beradigan jamoa bo‘lib turibmiz, ammo hujumni yakunlashda samarali harakat qilishimiz lozim.
Nima uchun Kroos zaxirada qoldi? Boisi, uning o‘rnida Kazemiro o‘ynadi», – deydi Benites.
Eslatib o‘tamiz, «Real» «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin davomida darvoza tomon bitta aniq zarba yo‘lladi. Bu jamoaning mavsumdagi eng yomon ko‘rsatkichi bo‘ldi.