Jahon | 09:07 / 14.12.2015
2450
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashining Liviyada birdamlik hukumati bo‘yicha rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashining Liviyada birdamlik hukumatini yaratish kelishuvini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gennadiy Gatilov bayonotiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Inglizlar 16 dekabrda bu kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlovchi Liviyaaro kelishuv imzolangandan keyin Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi qabul qilinishi va liviyaliklarga uni amalga oshirishda yordam berish zarurligi tashabbusi bilan chiqishdi. Bu, ularning aytishicha, faqatgina bu maqsadlarga qaratilgan qisqa rezolyutsiya bo‘lishi kerak”, deb aytdi Gatilov.

Gatilovning aytishicha, rezolyutsiya loyihasi “yaqin kunlarda Xavfsizlik kengashi a'zolari o‘rtasida tarqatiladi va kutilishicha, ma'qullanishda murakkabliklarga uchramaydi”.

Avvalroq Rimda Liviya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan g‘arb davlatlari Liviyadagi ixtilof ishtirokchilarini o‘t ochishni to‘xtatish va yarashishga chaqirgandilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish