Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Do‘stini bo‘g‘izlab qo‘ygan qashqadaryolik ishsiz yigit 18 yilga qamalib ketdi
Ish qidirib Qashqadaryodan Toshkentga kelgan ikki do‘st – Hamid Botirov va Usmon Qurbonov arzimas sabab bilan janjallashib qolishdi, oqibatda ulardan biri hayotdan ko‘z yumdi, ikkinchisi esa uzoq yillarga qamaldi. Voqea tafsilotlarini “Huquq” gazetasi keltirmoqda.
Aytilishicha, bu yigitlar bir xonadonni ijaraga olib turib kelishgan. Kunlar davomida ish qidirishgan, ammo natijaga erisha olmagan. Mana shunday kunlarning birida ular yemakxonaga kirib, spirtli ichimlik ichishgan. Mast holda o‘zaro talashib qolishgan. Dahanaki jang mushtlashuvga o‘tib ketgan.
Hamid Botirov mastlikda o‘zini bilmay qolib, stol ustidagi pichoqni do‘sti Usmon Qurbonovning ko‘kragiga sanchgan, so‘ng tomog‘ini kesib yuborgan. Bunday og‘ir jarohatlar oqibatida Qurbonov voqea joyida olamdan o‘tgan. Biroz vaqtdan so‘ng kayfi tarqab, qilmishini tushunib yetgan Botirov ichki ishlar idorasiga o‘zi xabar bergan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi o‘z do‘stining qotiliga aylangan Botirovga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.