Jahon | 11:06 / 14.12.2015
3691
2 daqiqa o‘qiladi

Ekstremistik tashkilotlarning 80 foizi islom niqobi ostida harakat qiladi

Dunyoda deyarli 500 ekstremistik terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi islom dini niqobi ostida harakat qiladi. Bu haqda SamDUning O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Sheraxon Hoshimov ma'lumot berdi.

“Birinchi marta O‘zbekistonda taqiqlangan “Islom davlati” o‘zini 2006 yili Iroqda bildirdi, o‘shanda u “al-Qoida” guruhi boshchilik qiladigan Iroq islom davlatini e'lon qildi. O‘shanda jahon razvedkalarining faqat ayrim tahlilchilari kelajakdagi muammolarning miqyosini tasavvur qila olar edi. Qolgan uchun voqealar kutilmaganda boshlanib ketdi”, - deydi mutaxassis.

2013 yil aprelida ushbu “davlat” Suriyadagi fuqarolik urushiga aralashdi va o‘shandan buyon o‘zini “Iroq va Shom islom davlati” (IShID) deb atay boshladi.

“IShID targ‘ibotchilari G‘arbning kommunikatsion texnologiyalaridan muvaffaqiyat bilan foydalanib keladi. Ular harbiy operatsiyalar, ommaviy qatllar videoroliklarini joylashtirib, sarosima keltirib chiqarishadi. Bunday piar eng shafqatsiz va eng samarador deb tan olinadi”, - qo‘shimcha qildi Hoshimov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish