Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:17 / 14.12.2015
3765
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada IShID tarafdori maktab o‘qituvchisiga pichoq bilan hamla qildi
Fransiya poytaxti Parij shahri yaqinida noma'lum shaxs maktab o‘qituvchisiga kantselyariya pichog‘i bilan zarba bergan.
Le Parisien gazetasida yozilishicha, hujum qiluvchi niqob taqqan va qo‘lqop kiygan edi. Guvohlarning bildirishicha, u hujum vaqtida IShID tarafdori ekanini ayon qilgan.
O‘qituvchi shifoxonaga yotqizilgan, ayni vaqtda uning hayotiga jiddiy tahdid yo‘q.
Bundan oldinroq, Ispaniyada yoshlarni IShID safiga yollash bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish