Jamiyat | 17:08 / 14.12.2015
2009
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi tashlandiq uyda yong‘in chiqishi tufayli 5 kishi halok bo‘ldi

AQShning Kaliforniya shtati, Fresno shahridagi tashlandiq eski uyda yong‘in kelib chiqishi natijasida besh nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, voqea natijasida qurbon bo‘lgan uysiz odamlar bo‘lmagan. Ular tashlandiq uyga shaxsiy muammolarini hal qilib olish uchun kelishgan bo‘lgan.

«Ularning uylari bo‘lgan. Har birimizda qiyin vaqtlar bo‘ladi. Lekin bunday vaziyatdan qanday chiqib ketishni har kim ham bilavermaydi», — deydi halok bo‘lganlardan birining qarindoshi.

Yong‘in o‘chiruvchilar yotoqxonadan jasadlarni topishgan. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, vafot etganlar oyna orqali chiqib ketishga urinib ko‘rishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘limda o‘pkada ortiqcha miqdorda tutun yig‘ilishi sabab bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, yong‘in natijasida bir kishi jarohat olgan. Hozirda uning ahvoli ham og‘ir ekani aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish