Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik kurashchilar jamoasi Latviyadagi turnirda g‘olib bo‘lishdi
12-13 dekabr kunlari Latviyaning Daugavpils shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida sport ustasi Pavel Krupenin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro jamoaviy turnir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi polvonlari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistonlik kurashchilar finalda Rossiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratishgan.
Dastlabki bosqichlarda terma jamoa Litva, Shvetsiya va Belarus terma jamoalari mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi sharafini Javohir Mirahmedov (55 kg), Qamariddin Zayniddinov (60 kg), Mirzobek Rahmatov (66 kg), Abubakr Alimov (74 kg), Jalgas Berdimuratov (84 kg), Ermatbek Shermatov (96 kg) va Daler Rahmatovlar (120 kg) himoya qilishgan.