Jahon | 13:14 / 14.12.2015
2281
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasida 7ta yangi bojxona punkti ochiladi

2016 yilning fevraliga kelib Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasida ishlayotgan 4 bojxona punktiga yana 7ta yangisi qo‘shiladi. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi a'zosi Muqay Qodirqulov ma'lumot berdi.

“Tayyorgarlik ishlarining birinchi bosqichi doirasida 4ta bojxona punkti jihozlandi. Ikkinchi bosqich doirasida yana 7ta shunday punkt ishga tushiriladi”, - dedi u Moskvada 10 dekabr kuni o‘tgan “Qirg‘iz Ekspo-2015” forumidagi chiqishida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish