Jahon | 13:43 / 14.12.2015
2154
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Xitoy o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolanadi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev dushanba kuni rasmiy safar bilan Xitoyga yo‘l oladi; u yerda, vazirlar mahkamasi devoni bergan xabarga ko‘ra, XXR rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

“Sariyevning tashrifi XXR Davlat Kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning taklifiga ko‘ra amalga oshiriladi, - deyiladi xabarnomada. – Muzokaralar yakunlariga ko‘ra hamkorlik bo‘yicha bir qator hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda”.

17 dekabrga qadar davom etadigan safar yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston hukumati rahbari Xalqaro internet-konferensiya va Qirg‘iziston-Xitoy investitsion forumida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish