Jahon | 17:48 / 14.12.2015
2457
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyadagi tungi klubda chiqqan yong‘in qurbonlari soni 61 kishiga yetdi

Germaniyadagi klinikada 31 oktabr kuni Ruminiya poytaxti Buxarestdagi tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan ayol olamdan o‘tdi. Shu tariqa, qurbonlar soni 61 kishiga yetdi.

Ruminiya sog‘liqni saqlash vazirligining jurnalistlarga ma'lum qilishicha, ayni paytda yana 22 nafar aziyat chekkanlar Buxarest klinikalarida og‘ir ahvolda yotibdi. Ulardan 2 nafarining ahvoli halokatli deb baholanmoqda.

Yana 20 nafar zarar ko‘rgan shaxslar Niderlandiya, Norvegiya, Belgiya, Germaniya, Isroil va boshqa davlatlardagi shifoxonalarga yotqizilgan. Ayrimlar parvozga dosh berolmay, yo‘lda ekanligida hayotdan ko‘z yumdi. Yong‘indan so‘ng halok bo‘lganlar soni 27 nafarni tashkil etgan, 200 kishi esa og‘ir jarohat olgan edi, shundan buyon qurbonlar soni muntazam o‘sib bormoqda.

Shu bilan birga, Buxarestdagi shifoxonalardan bir nechta odam chiqarib yuborildi. Ammo hozircha tuzalib ketganlar soni ancha kam.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish