Sport | 21:22 / 14.12.2015
2901
2 daqiqa o‘qiladi

Serena Uilyams xayriya marafonini taksiga mingan holda yakunladi

Amerikalik tennischi Serena Uilyams o‘zi tomonidan tashkil etilgan Serena Williams Live Ultimate Run nomini olgan xayriya marafonida marraga oyoqlari bilan yetib kela olmadi. U 5 kilomertlik masofaning yarmida to‘xtab, mashinaga mingan va marra chizig‘ini mashinadaligicha kesib o‘tgan. Bu haqda Yahoo! Sports xabar berdi.

Ushbu xayriya tadbiri 13 dekabr kuni 5 va 10 kilometrlik masofalarda o‘tkazilgan. Marofonda Serenaning opasi Vinus ham ishtirok etgan va u singlisidan farqli ravishda poygani muvaffaqitli tarzda yakunlagan.

"1 yil davomida tizzam va tirsagimdagi muammolar bilan tennis o‘ynadim. US Open turniri vaqtida esa yuragim og‘rib qoldi va shuning uchun tavakkal qilishni istamadim", deydi Serena.

Ushbu xayriya tadbirida tushgan mablag‘lar tennischining fondiga tushadi. Bu fond esa muhtoj kishilarga yordam berish, kambag‘al oilalarning ta'lim olishini ta'minlash bilan shug‘ullanadi.

2015 yilda tennischi bir qator turnirlarda jarohatlari tufayli kutilganidek ishtirok eta olmadi. Shunga qaramasdan 34 yoshli bu sportchi WTA tasnifida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish