Jahon | 21:01 / 14.12.2015
4077
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri: Iroqda turk harbiylari bo‘linmasi qoldiriladi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining ma'lum qilishicha, Anqara Iroq hududidagi harbiylarini qoldirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirning teleintervyusiga asoslangan holda, RIA Novosti xabar bergan.

"Biz Bashika lageriga hujum qilinmasligi choralarini ko‘ramiz. Turkiya askarlari bu bazada qoladi. Biz bu lager himoyasi uchun qo‘shimcha kuchlar jo‘natishimiz ham mumkin. Bizning askarlarimiz harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etishmaydi, ularning vazifasi iroqliklarni jangarilarga qarshi janglarga tayyorlash hisoblanadi. Buning qonuniyligi masalasi muhokama qilinmaydi", deya ta'kidlagan Dovudo‘g‘li.

Bundan oldinroq, Iroqning shimolidagi Mosul shahriga yaqin hududga joylashtirilgan Turkiya harbiylarining bir qismi boshqa joyga ko‘chirilishi boshlangani haqida ma'lumot berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish